Xalqaro konferensiya amaliy muloqotlar bilan davom etdi

Xalqaro konferensiya amaliy muloqotlar bilan davom etdi

Renessans ta'lim universitetida bo'lib o'tayotgan “Fan va madaniyat rivojlanishi: Renessans g‘oyalarining zamonaviy ilmiy jarayonlarda namoyon bo‘lishi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini amaliy muloqotlar bilan davom ettirdi.
Quyidagi muhim yo‘nalish bo‘yicha tematik majlislar bo‘lib o‘tdi:
🔹Falsafa, ijtimoiy va gumanitar fanlar taraqqiyotida Renessans g‘oyalarining aks etishi;
🔹Aniq, tabiiy va texnika fanlarida Renessans ilmiy an’analari hamda innovatsion rivojlanish tendensiyalari;
🔹Axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya mazmunida Renessans davri g‘oyalari;
🔹Zamonaviy psixologiya va pedagogikada Renessans g‘oyalarining qayta namoyon bo‘lishi.
Konferensiyaning asosiy g‘oyasi – Renessans davrida shakllangan ilmiy-falsafiy yondashuvlar va gumanistik qadriyatlarning bugungi ilmiy va madaniy jarayonlardagi ifodasini o‘rganish, ularni zamonaviy kontekstda qayta talqin qilish va yosh avlod tafakkuriga singdirishdan iborat.
Muloqot mobaynida ilmiy taqdimotlar va aniq takliflar ham ilgari surildi.