Renessans ta’lim universitetining "Libos dizayni" yo‘nalishi talabalari an’anaviy "Navqiron O‘zbekiston!" ijodkor yoshlar Respublika festivalida ishtirok etib, o‘zlari yaratgan liboslar namoyishini o‘tkazdi.
Ekspozitsiyadan 50 nafar yoshlarning 200 ga yaqin san’at asarlari o‘rin olgan bo‘lib, ular orasida universitet talabalarining milliylik yo‘g‘rilgan ijodiy ishlari ishtirokchilar va mutaxassislarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Talabalarining ijodi festivalga o‘zgacha ruh, sahnaga yangicha nafas bag‘ishlab, Renessans ta’lim universitetida milliy moda maktabining yangi avlodi shakllanayotganini ko‘rsatib berdi.