Robototexnika klubi uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

Robototexnika klubi uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

Agar siz texnologiya olamiga qiziqsangiz, o‘z robotingizni yaratishni orzu qilsangiz yoki amaliy loyihalarda ishtirok etishni istasangiz – bu klub aynan siz uchun.
 
Mashg‘ulotlar haftaning dushanba va seshanba kunlari quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
📌Dushanba – Toshkent shahar, Olmazor tumani, Orzu MFY, Beruniy 2-uy
📌Seshanba – Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
 
Darslar jadvali:
🕙 1-dars: 9:00–10:20
🕙 2-dars: 10:30–11:50
🕙 3-dars: 14:00–15:20
🕙 4-dars: 15:30–16:20
 
🔽Shuningdek, Toshkent shahri Olmazor tumani Orzu MFY hamda Samarqand darvoza ko‘chasi, Charxnovza MFYda istiqomat qiluvchi 5–15 yoshli bolalar uchun 1 soatlik bepul robototexnika mashg‘uloti tashkil etiladi.
 
Kursni muvaffaqiyatli yakunlab, o‘z robotini yaratgan tinglovchilarga maxsus sertifikat beriladi.
 
🔗Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
@Robototexnika_klubi
 
🔽Klub rahbari Muslima Sodirxonova – Robototexnika bo‘yicha tajribali mutaxassis. Shuningdek, u:
✔️Bucheon universiteti bitiruvchisi;
✔️Robototexnika yo‘nalishida bir nechta kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan;
✔️4 yillik o‘qituvchilik faoliyati davomida Thompson School, Registon School, Singapore International School va boshqa maktablarda dars bergan;
✔️1000 dan ortiq iqtidorli shogirdlar tayyorlagan;
✔️Darslarda texnik fikrlash, injiniring va dasturlash ko‘nikmalari amaliy tarzda o‘rgatiladi;
✔️Tajriba yo‘nalishlari: Wedo 2.0 Lego Education, EV3 Lego Mindstorms, Arduino.
 
Texnologiya kelajagiga qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan Renessans ta’lim universitetining barcha talabalarini Robototexnika klubiga taklif etamiz.