Universitetning xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma taʼlim dasturlari, akademik almashinuv imkoniyatlari hamda ilmiy loyihalari talabalarimizning global miqyosdagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Talabalarimiz ko‘plab xorijiy mamlakatlardagi nufuzli universitetlarda ilg‘or taʼlim tajribalarni o‘zlashtirmoqda. Shuningdek, ular xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar va startap tashabbuslarda ishtirok etib, amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab bormoqda.
Renessans taʼlim universiteti tomonidan talabalarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasi kengayib bormoqda.