Renessans ta’lim universiteti jamoasi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida ishtirok etadi

Renessans ta’lim universiteti jamoasi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida ishtirok etadi

Talabalarimiz “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Toshkent shahri bosqichida munosib ishtirok etib, voleybol va stol tennisi yo‘nalishlarida faxrli 1-o‘rinni, futbol bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egallab respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 
Bugun universitetimiz talabalari “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida ishtirok etish uchun Sirdaryo viloyatiga jo'nab ketdi. Maʼlumot uchun, olimpiadaning respublika bosqichi joriy yilning 17–20-noyabr kunlari Guliston shahrida o‘tkaziladi. 
Jamoamizga bu bosqichda ham omad tilaymiz va ulardan yuqori natijalar kutib qolamiz.