Samarali jamoani shakllantirish bo‘yicha seminar-trening

Samarali jamoani shakllantirish bo‘yicha seminar-trening

“Renessans ta’lim universitetida samarali jamoani shakllantirish” mavzusida seminar-trening boshlandi. 
Pedagogik jamoaning samarali faoliyatini ta’minlash, o‘zaro hamjihatlik, ishonch va birgalikda qaror qabul qilish madaniyatini rivojlantirish tadbirning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Seminar davomida ishtirokchilar jamoaviy ishlash uslublari, samarali muloqot va liderlik ko‘nikmalarini chuqur o‘rganishlari, o‘zaro fikr almashish orqali tajriba orttirishlari ko‘zda tutilgan.