Qadrli yoshlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!
Ota-ona uchun farzand dunyodagi eng aziz ne’mat, oila quvonchi, hayotning, ajdodlar moddiy-ma’naviy hayotining davomiyligini ta’minlovchi vositadir. Ota-ona bо‘lish juda katta baxt. Shu boisdan, har bir ota-ona о‘z bolasini kо‘z qorasiday asraydi, himoya qiladi.
Yurtning rivoji, xalqning baxt-saodati va barkamolligi kelajak avlod qо‘lidadir. Kelajak avlod qancha yaxshi tarbiya kо‘rgan bо‘lsa, davr, zamon ham shuncha yaxshilik tomon о‘zgaradi va farovonlik ortib boradi. Ana shu sababli, har bir ota-ona, ustoz-murabbiylar oldida ulkan va muhim vazifalar turibdi.
Kо‘p yillik pedagogik tajribalar tarbiyaning erta-kechi, boshlanishi va oxiri bо‘lmasligini kо‘rsatmoqda. Uni bir nafas ham о‘z holiga qо‘yib bо‘lmaydi. Chunki, bugun qanday kо‘chat eksak, ertaga shunday meva olamiz. Zotan, Abdulla Avloniy bobomiz aytganidek, “Tarbiya biz uchun yo hayot–yo mamot, yo najot–yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”.
Aziz farzandlarimiz, qadrli talabalar!
Yurtimizning yorqin kelajagi va xalqimizning umid-u ishonchi qora kо‘zlarimizga bog‘liq. О‘z navbatida, kelajagimiz egalari ham yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda, mukammal bilim olishi va kasb-hunar egallashi, shuningdek, xalqimizning orzu-istaklarini amaliy ishlar bilan rо‘yobga chiqarishni о‘z oldiga maqsad qilishlari lozim. Zero, davlatimiz rahbarining “Yangi О‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz”, degan ulug‘vor maqsadlarini amalga oshirishda belni mahkam bog‘lab, harakat qilmog‘imiz kerak.Ta’lim jarayonida faol bо‘ling, jamoat ishlari, tо‘garaklar va ilmiy innovatsion loyihalarda qatnashing, universitet ichki tartib va odob-axloq qoidalariga amal qiling, ota-onangizning ishonchini oqlang, ularga о‘qishdagi natijalar haqida muntazam ma’lumot berib turing.Butun dunyoda globallashuv jarayoni izchil davom etayotgan sinovli kunlarda kelajagimiz bunyodkorlari bо‘lmish aziz yoshlar yuksak ezgu maqsad va marralarga erishish uchun bor kuch va imkoniyatlaringizni safarbar eting. Sog‘lom, bilimli, madaniyatli yoshlar mamlakat taraqqiyoti va kelajagini belgilab beruvchi hamda jamiyatda ijobiy о‘zgarishlarni amalga oshiruvchi kuch ekanligini unutmang.
Hurmatli ota-onalar!
Bugungi kunda oddiy bir haqiqat barchamiz uchun ayon bо‘lishi kerak. Oldimizda turgan eng ulug‘ maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, О‘zbekistonning jahon hamjamiyatida qanday о‘rin egallashi ham – bularning barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-о‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bо‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir.Renessans ta’lim universiteti bizning orzu-umidlarimizni amalga oshiruvchi ma’rifat va madaniyat maskani hisoblanadi. Farzandlarimiz taqdiriga befarq bо‘lmagan holda universitetda faoliyat yuritayotgan barcha jamoa a’zolarining zahmatli mehnatini qadrlashimiz, “hamkorlik pedagogikasi”ga asoslangan holda ular bilan uzviy hamkorlikda bо‘lishimiz kerak. Sizdan universitet bilan muntazam aloqada bо‘lish, ota-onalar yig‘ilishlarida ishtirok etish, farzandingizning о‘qishdagi ishtiroki va faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, ma’naviy-axloqiy qiyofasi va ijtimoiy hayotdagi yurish-turishini nazorat qilish sо‘raladi.Barchamiz jigarbandlarimizning kelajagi va ta’lim-tarbiyasi uchun birgalikda mas’uldirmiz.
Muhtaram ustozlar!
Dunyoda kasblar juda kо‘p, har birining hayotda о‘z о‘rni, о‘z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday bir ulug‘ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu о‘qituvchilik kasbidir.Ustozning eng buyuk burchi – yurt ravnaqiga о‘zining munosib hissasini qо‘sha oladigan, aql-idrokli va qobiliyatli mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Ustoz yaxshi shogird tayyorlash uchun, avvalo, uning о‘zi kasbiy mahoratga ega, ma’nan barkamol, keng dunyoqarash va sog‘lom fikrga ega bо‘lmog‘i lozim. Universitet professor-о‘qituvchilaridan talabalar bilan muntazam muloqotda bо‘lish, ularning qiziqishlari va tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash, yoshlarga zamonaviy ta’lim, ilm-fan sir-asrorlarini о‘rgatish, ota-onalari bilan mustahkam aloqada bо‘lish, talabalarning yutuq va muammolarini о‘z farzandingiz yutuq va muammolari sifatida qabul qilishingizni sо‘raymiz.
Renessans ta’lim universiteti “Ota-onalar kengashi” “TALABALAR – OTA-ONALAR – USTOZLAR” hamkorligini ta’minlashda mustahkam kо‘prik, muloqot maydoni bо‘lishga doimo tayyor.