Yangi g‘oyalar, aniq yechimlar: Renessans ta’lim universiteti professori ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi

Yangi g‘oyalar, aniq yechimlar: Renessans ta’lim universiteti professori ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi

 
Joriy yilning 18-sentabr kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida “Zamonaviy texnologiyalar, barqaror rivojlanish muammolari va ularning yechimlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Renessans ta’lim universitetining “Matematika va tabiiy fanlar” kafedrasi professori Shovqiddin Narziyev “Mehnat jarayonida xavflarni aniqlash usullari” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. U o‘z chiqishida mehnat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishdagi xavf-xatarlarni aniqlash hamda ularni minimallashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan yondashuv va amaliy takliflarni ilgari surdi.
Sh.Narziyevning ishlab chiqarish, qurilish, energetika kabi sohalarning rivojlanishi uchun bildirgan asosli fikrlari ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish va e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Renessans ta’lim universiteti professor-o‘qituvchilari muntazam ravishda xalqaro va respublika darajasidagi nufuzli ilmiy anjumanlarda ishtirok etib, o‘zining ilmiy yondashuvlari va tajribalari bilan ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.