Hurmatli Renessans ta’lim universitetining professor-o‘qituvchilari va xodimlari!
Sizlarni 2025-yil 20-sentyabr kuni soat 12:00da Pedagogika fakulteti pedagogik jamoasi tomonidan tashkil etilayotgan “Renessans ta’lim universitetida samarali jamoani shakllantirish” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlarida ishtirok etishga taklif etamiz.
Tadbirning asosiy mazmuni:
✔️Trening hamkorlik pedagogikasi tamoyillari asosida tashkil etiladi.
✔️Turli shartlar asosida qiziqarli jamoaviy bellashuvlar o‘tkaziladi,
✔️Ishtirokchilar o‘zlarining tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazadi.
✔️Mashg‘ulotlar davomida ijodiy, interaktiv va musobaqa shaklidagi topshiriqlar amalga oshiriladi.
Tadbirning bosh maqsadi – pedagogik jamoaning samarali faoliyatini ta’minlash, unda hamjihatlik, o‘zaro ishonch va birgalikda qaror qabul qilish madaniyatini rivojlantirishdir.
Bu tadbir sizga qanday imkoniyatlarni beradi?
🔹Sizga jamoada o‘z o‘rningizni anglash va hamkorlik muhitida samarali faoliyat yuritishni o‘rgatadi.
🔹Sizda tezkor qaror qabul qilish, ijodiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
🔹Sizga yangi g‘oyalar yaratish, fikr va tajriba almashish, do‘stona aloqalar o‘rnatish imkonini beradi.
Shuningdek, seminar-trening yakunida eng faol va hamjihat jamoalar e’tirof etiladi va rag‘batlantiriladi.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Renessans ta’lim universiteti, “Huvaydo” kampusi, 8-qavat.
Vaqt: 2025-yil 20-sentyabr, soat 12:00.
Sizlarni mazmunli, qiziqarli va hamkorlikka yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda kutib qolamiz!
Seminar-treningda universitetning barcha boshqarma va bо‘lim boshliqlari, xodimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishi lozim.