Renessans ta’lim universitetida ochiq dars 

Renessans ta’lim universitetida ochiq dars 

Universitetning Filologiya kafedrasida “Komil inson + Mahoratli mutaxassis = Shaxs” formulasi asosida navbatdagi ochiq dars bo‘lib o‘tdi. 
Mashg‘ulot ushbu kafedra mudiri Laylo Raupova hamda adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev tomonidan olib borildi.
Dars davomida talabalar badiiy asarlarni shakl va mazmuniga ko‘ra tahlil qilish bo‘yicha saboq oldi.Mashg‘ulotlarda turli adabiy janrlar, asarlarni taqqoslash, ularni ijodiy talqin qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha fikr yuritildi. Shu bilan birga, zamonaviy adabiyotshunoslik uslublari va metodlari yuzasidan muzokaralar, savol-javoblar tashkil etildi. 
 
 
Ochiq dars talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Tadbirda ishtirokchilar bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab, ularni kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatda qo‘llashga tayyor ekanliklarini bildirdi.