Unda Finlyandiyaning Xelsinki va Yuvaskula universiteti professorlari, "Prime Education Finland" markazi direktori, Xelsinki universiteti Helsinki ilg‘or tadqiqotlar hamjamiyati vakili, xorijlik mehmonlar hamda olimlar ishtirok etdi. Mehmonlar dastlab laboratoriya va unda yaratilgan sharoitlar, uning imkoniyatlari bilan tanishdi.
Renessans ta’lim universiteti "Prime Education Finland" markazi bilan 2025-yil fevral oyidan boshlab ta’lim hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Bu hamkorlik talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, masofaviy ta’limni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlar va turli loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini beradi. “Finlandiya ta’lim laboratoriyasi” ham ushbu hamkorlik natijasidir.
Laboratoriya Finlandiya ta’limining ilg‘or tamoyil va metodlarini o‘rganish, ularni milliy ta’lim tizimiga mos innovatsion yondashuvlar orqali amaliyotga joriy etish, baholash tizimlarini takomillashtirish, shuningdek qo‘shma tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbir ishtirokchilari universitetda ta’lim sifatini yanada oshirish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.