Xabaringiz bor, Renessans taʼlim universiteti talabalari joriy yilning 8–16-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan “Raqamli va intellektual xavfsizlik texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha Xitoy–O‘zbekiston o‘quv lageri” almashinuv dasturida ishtirok etdi.
Dastur davomida talabalarimiz sunʼiy intellekt, zamonaviy raqamli xavfsizlik texnologiyalari bo‘yicha bilim va tajribalarini oshirib, o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunladi. Tadbir ishtirokchilariga xalqaro namunadagi maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Kelgusi akademik mobillik dasturlarida siz ham ishtirok eting – bilim oling, tajriba orttiring va sayohat qiling!
Renessans ta’lim universiteti sizga ana shunday noyob imkoniyatni taqdim etadi!