Renessans ta’lim universiteti rektori Shohruh Nuraliyev mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Xitoy tadbirkorlar uyushmasi rahbari Lyu Deven hamda O‘zbekistondagi Guangdong savdo-sanoat palatasi vakili Li Song hamda Xitoyning Chjetszyan provinsiyasi savdo palatasi rahbari Ye Hong Xia xonim bilan uchrashdi

Renessans ta’lim universiteti rektori Shohruh Nuraliyev mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Xitoy tadbirkorlar uyushmasi rahbari Lyu Deven hamda O‘zbekistondagi Guangdong savdo-sanoat palatasi vakili Li Song hamda Xitoyning Chjetszyan provinsiyasi savdo palatasi rahbari Ye Hong Xia xonim bilan uchrashdi. 
Uchrashuvda O‘zbekistondagi xitoy korxonalarida universitetimiz talabalarining amaliyot va stajirovka o‘tashi, universitet bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, hamkorlikda mehnat yarmarkalari o‘tkazish, yangi ta’lim yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.  
Muzokaralarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolanishi belgilandi. 
 
Qayd etish kerakki, birgina Chjetszyan provinsiyasi savdo palatasi tarkibidagi 70 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari tomonidan hozirda mebel, metall va qurilish materiallari, kiyim-kechak, poyabzal, bosh kiyimlar, elektr uskunalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. 
 
Renessans ta’lim universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilishi natijasida yoshlarimiz ish bilan ta’minlanadi. Xitoyda malaka oshirish, tajriba orttirish, talabgor kasb egasi bo‘lish imkoni paydo bo‘ladi.