Ham o‘rganing, ham sayohat qiling!
Xabaringiz bor, Renessans ta’lim universiteti talabalari uchun akademik mobillik dasturi doirasida Xitoy Xalq Respublikasida o‘quv kurslarida ishtirok etish imkoniyati taqdim etilmoqda.
Ushbu kurslarda ishtirok etish uchun universitetimizdan 40 nafar talaba tanlab olinadi. Ularga esa 3 nafar o’qituvchi hamrohlik qiladi.
✔️Shu maqsadda, Xitoyga borishni xohlovchi o’qituvchilar ham murojaat etishlari mumkin. Ingliz tilini bilish bo'yicha sertifikati bo'lganlar ustunlikka ega bo'ladi.
🧭 Kurs qanday yo’nalishlarni qamrab oladi? Elektron tijorat, logistika, sun’iy intellekt, robototexnika kabi yo’nalishlar.
Safar 2025-yil 5–20-dekabr kunlari rejalashtirilmoqda.
🔽Dastur nimalarni o‘z ichiga oladi?
✔️dunyoga mashhur Alibaba, Zhejiang Telecom, Shaoxing China Telecom kabi kompaniyalarga ekskursiyalar;
✔️zamonaviy texnologiyalar yaratiladigan zavodlar, ma’lumotlar qayta ishlanadigan “Data Centre”larga tashrif;
✔️qiziqishga qarab seminar va maʼruzalarda ishtirok etish, taniqli shaxslar bilan muloqot qilish, xitoy tilini o‘rganish, master-klasslar imkoniyati;
✔️madaniy dastur ham mavjud bo’lib, diqqatga sazovor joylarga sayohatlar uyushtiriladi.
Ishtirokchilar uchun Xitoy tomoni hisobidan o‘quv kurslari, turar joy (standart, ikki kishilik xonalar), bepul halol ovqatlanish, ichki transport, bepul SIM kartalar ta’minlanadi.
O'qituvchilar tomonidan borish-kelish xarajatlari, tashkilotchilar – Xitoy tomoni uchun u yerga borganda bir martalik 150 AQSh dollari miqdorida to‘lov qilish kerak bo’ladi (kutib olish, kuzatib qo’yish xarajatlari).
O‘quv dasturida ishtirok etgan o'qituvchilarga o‘tilgan kurslar va ularning soatlari ko‘rsatilgan maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.
✅Talabgorlarning amaldagi xorijga chiqish pasporti bo'lishi lozim.
❗️Arizalar ko‘rib chiqiladi, zaruratga ko‘ra esa, suhbat yoki qo‘shimcha savollar bo‘lishi mumkin.
Hujjat topshirish muddati:25-noyabr 2025, soat 17:00
🗣 Qanday murojaat qilinadi?Talabgorlar Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga (asosiy bino, 7-qavat) murojaat qiladilar.
📞 Aloqa uchun telefonlar: +998 55-506-70-07 (ichki: 1020);+998 90-974-74-59
Shoshiling, joylar soni chegaralangan!