Renessans ta’lim universitetida “Komil inson + Mahoratli mutaxassis = Shaxs” formulasi asosida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi
Uchrashuv mehmoni A’zamjon Shakirjanov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, O‘zbekiston, O‘rta Osiyo va Jahon chempioni, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi professori.
A’zamjon Shakirjanov:
— Kurash va belbog‘li kurash rivojiga katta hissa qo‘shgan;
— Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasini boshqargan;
— 20 dan ortiq filmlarda rollar ijro etgan.
Mazmunli suhbat, motivatsiya, hayotiy tajriba va qiziqarli lahzalar sizni kutmoqda!
🗓 Uchrashuv joriy yilning 4-dekabr kuni, soat 10:00 da universitetning asosiy binosi, 7-qavat, Faollar zalida boshlanadi.
Barchani ushbu uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif etamiz.