Konferensiyada Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Finlandiya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon kabi 15 dan ortiq davlatlardan 60 dan ziyod yetakchi olim va mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Nufuzli xalqaro konferensiya ochiq deb e'lon qilindi. Ushbu anjuman barcha mehmonlar uchun foydali g‘oyalar, yangi ilmiy yondashuvlar va istiqbolli hamkorliklarga yo‘l ochishi, shubhasiz.