Renessans ta’lim universitetida “Komil inson + Mahoratli mutaxassis = Shaxs” formulasi asosida “She’r aziz olam aro” deb nomlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi

  • calendar

    27.11.2025

  • eyes

    74

Renessans ta’lim universitetida “Komil inson + Mahoratli mutaxassis = Shaxs” formulasi asosida “She’r aziz olam aro” deb nomlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Kun mehmoni – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Zulfiya mukofoti hamda “Shuhrat” medali sohibasi shoira Guljamol Asqarova.
 
Shoiraning “Dil fasli”, “Ro‘shnolik”, “Bedor qo‘ng‘iroq”, “Baxt dastxati”, “Uyg‘otuvchi alla”, “Gulnoma”, “Turnalar yo‘li”, “Erkalik imtiyozi”, “Oshiqlar tumori” kabi bir qator asarlari keng kitobxonlar ommasiga tanilgan bo‘lib, uning ijodi ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan.
 
Mazkur uchrashuv davomida shoira ijodi, she’riyatning badiiy jihatlari hamda ijodiy jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumotlar beriladi.
 
Tadbir joriy yilning  27-noyabr kuni, soat 10:30 da Renessans ta’lim universiteti, Filologiya va tarix fakulteti, Faollar zalida boshlanadi.
 
Barcha talabalar va adabiyot ixlosmandlarini tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz.