Renessans ta’lim universitetida “Adabiy terapiya” klubi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

  • calendar

    27.11.2025

  • eyes

    73

Renessans ta’lim universitetida “Adabiy terapiya” klubi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Talabalarning dunyoqarashini kengaytirish hamda adabiyot orqali ruhiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Adabiy terapiya” klubi tashkil etildi.
 
Klub doirasida quyidagi yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar olib boriladi:– adabiyot va psixologiya uyg‘unligi;– biblioterapiya asoslari;– logoterapiya yo‘nalishlari.
 
Klubning ilk mashg‘uloti ertaga, 27-noyabr, soat 15:00 da, universitetimizning asosiy binosi, 7-qavat, Faollar zalida boshlanadi.
 
Adabiyot ixlosmandlarini hamda ushbu yo‘nalishga qiziqayotgan barcha talabalarni taklif etamiz. 
 
Ishtirok etish uchun quyidagi Telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin: @adabUZ