Farrosh lavozimiga ishga qabul

  • calendar

    07.12.2025

  • eyes

    81

Farrosh lavozimiga ishga qabul

Renessans taʼlim universiteti Texnik ta’minot va xo‘jalik bo‘limi farrosh lavozimiga nomzodlarni qabul qiladi.
 
Talablar:
• O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot; 
• 1–3 yillik ish tajribasi; 
• Yosh: 40 yoshgacha; 
• Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena, elektr va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha  bilimga ega bo‘lish. 
 
Kasbiy ko‘nikmalar:
• Binolar va yotoqxonalardagi texnik tizimlarni tushunish; 
• Soddalashtirilgan texnik hujjatlar bilan ishlash; 
• “Aqlli uy” kabi zamonaviy boshqaruv tizimlari bo‘yicha boshlang‘ich bilimga ega bo‘lish. 
 
Shaxsiy sifatlar:
• Javobgarlik, aniqlik; 
• Muomala qobiliyati; 
• Tezkor qaror hal qilish; 
• Jismoniy chidamlilik; 
• Xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish.
 
Kerakli hujjatlar:
• Pasport; 
• Diplom/sertifikatlar; 
• Mehnat daftarchasi (bo‘lsa); 
• Sog‘liq haqida ma’lumotnoma (275-shakl) – texnik xodimlar uchun jismoniy sog'liq va kontraindikatsiyalar bo'lmasligi muhim; 
• Sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma. 
• Universitet talabalari yoki bitiruvchilariga qo‘shimcha ustunlik beriladi
 
Qabul jarayoni:
1. Ariza va hujjat topshirish
2. Suhbat
3. Kasbiy sinov (zarur bo‘lsa)
 
📲 Murojaat va onlayn hujjat topshirish:
+99 894 668 37 01
 
Ariza topshirish muddati: 
2025-yil 13-dekabrgacha