Xitoyda ishlashi uchun ajoyib imkoniyat

Xitoyda ishlashi uchun ajoyib imkoniyat

Renessans ta’lim universiteti bitiruvchilarining Xitoyda ishlashi uchun ajoyib imkoniyat

 

Xitoyning FESCO international education consulting service kompaniyasi tomonidan Xanyan provinsiyasida joylashgan Sanya turistik hududida mehmonxona, sog‘lomlashtirish va eksursiya xizmatlari hamda qandolatchilik yo‘nalishlariga universitetimiz bitiruvchilari ishga taklif etiladi. 
Shuningdek, 2-3-bosqich talabalari stajirovka va talabalar almashinuvi dasturlarida ishtirok etish, 4-bosqichni bitirganlar esa ishga joylashish imkoniga ega.  
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
⏺ rus, ingliz yoki xitoy tillaridan birini mukammal darajada bilish;
⏺ Renessans ta’lim universitetini tamomlaganligini tasdiqlovchi diplomga ega bo‘lish.
Ish beruvchi hisobidan:
⏺ aviabilet;
⏺ viza xarajatlari;
⏺ oylik ish haqi;
⏺ turar joy;
⏺ ovqatlanish;
⏺ tibbiy sug‘urta;
⏺mehnat ta’tili davrida yiliga bir marta O‘zbekistonga bepul kelib-ketish imkoniyati taqdim etiladi.
 
Oylik maosh: 5000 yuan.
 
Murojaat uchun:  +998 99 874 33 81 Renessans ta'lim universiteti Karyera markazi