Talabalarimiz Sohil Kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati g‘olibi

Talabalarimiz Sohil Kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati g‘olibi

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida Sohil kurash bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 100 ga yaqin sportchi ishtirok etdi. Erkaklar 60 va 66 kg, ayollar esa 48, 52 va 57 kg. vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahs olib bordi.  
 
Renessans ta’lim universiteti Sport faoliyati magistratura 1-bosqich talabalari Muslima Ahmedova 57 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallab, oltin medal, Sitora Elmurodova esa 52 kg vazn toifasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, kumush medal sohibasi bo‘ldi. 
 
Universitetimiz jamoasi talabalarimizni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaydi.