Renessans ta’lim universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyaviy islohotlar – Yangi O‘zbekiston qurilishida yangi bosqich” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi

Renessans ta’lim universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyaviy islohotlar – Yangi O‘zbekiston qurilishida yangi bosqich” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi

Bugun Renessans ta’lim universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyaviy islohotlar – Yangi O‘zbekiston qurilishida yangi bosqich” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi.
Seminar Renessans ta’lim universiteti hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi hamkorligida tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi senatori Zumrad BEKATOVA, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengash raisi Abduxalil RAXMONOV, Yuridik fanlari doktori, professor Shuxrat JALILOV, ISFT universiteti rektor maslahatchisi, professor Narzulla JO‘RAYEV, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi katta eksperti Kamola HAMIDOVA, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Muhammadamin KARIMJONOV, Renessans ta’lim universiteti kafedra mudiri, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Ziyodulla XIDIROV ishtirok etdi. Ularning ilmiy ma’ruzalari va tahlillari seminar mazmunini yanada boyitdi.
Bugungi ilmiy-nazariy seminar professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun ham nazariy, ham amaliy jihatdan juda ham foydali bo‘ldi.