Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta'lim va tadqiqot sohalarida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy tadqiqot va loyihalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlari singari loyihalarni tashkil etish masalalari kun tartibidan o‘rin oldi. Qizg'in muhokamalarga boy bo'lgan uchrashuv davomida tomonlar ikki ta'lim muassasalari o'rtasida kelishuvga erishdi.
Qayd etish joizki, Constructor universiteti Times Higher Education (THE) xalqaro reytingi bo‘yicha jahon universitetlari orasida 401–500 (yoki top 25–30%) o'rinni olgan. Ijtimoiy fanlar yo'nalishida Top-300 universitetlar ro‘yxatiga kirgan.