Indoneziyaning nufuzli UI GreenMetric World University Rankings xalqaro reyting agentligi joriy yilgi natijalarni e’lon qildi. Unda Renessans ta’lim universiteti dunyoning barqaror rivojlanishga intilayotgan oliy ta’lim muassasalari qatoridan mustahkam joy oldi.
Reyting mezonlari doirasida universitetning ta’lim sifati, zamonaviy infratuzilmasi, yashil energiyadan foydalanish darajasi, iqlim o‘zgarishiga qarshi tashabbuslari, fan va innovatsion tadqiqotlar yo‘nalishidagi faoliyati yuqori baholandi.
Bu yilgi natijalarga ko‘ra, Renessans ta’lim universiteti 105 ta mamlakatning 1 745 ta universitetlari orasida 190 pog‘ona yuqorilab, reytingdagi nufuzini yanada yaxshilashga erishdi.
Bu o‘sish universitet jamoasining tashabbuskorligi va strategik yondashuvining amaliy natijasi bo‘lib, kelgusidagi yirik muvaffaqiyatlar sari qo‘yilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.